Line following

Line following

Qatnashuvchilar yoshi
Middle 12-17 yosh
Qurilmalar
Ixtiyoriy
1. Musobaqa shartlari

1.1 Eng qisqa vaqt ichida robot qora chiziq bilan belgilangan trekni boshidan oxirigacha bosib o‘tishi kerak.

1.2 Harakatni yakunlash uchun maksimal 2 daqiqa vaqt beriladi.

1.3 Musobaqa vaqtida jamoa a’zolari robotlarga tegmasliklari kerak.

2. Yo‘l

Poligon va chiziq:

2.1 Poligonning rangi oq.

2.2 Chiziq rangi – qora.

2.3 Chiziqning kengligi – 20 mm.

2.4 Chiziqning minimal egrilik radiusi 100 mm.

3. Robot

3.1 Robotning hajmi kengligi 20 sm, uzunligi 20 sm, balandligi 20 sm.

3.2 Robotning vazni 1kg dan oshmasligi kerak.

3.3 Robot to‘liq avtonom bo‘lishi kerak.

4. G‘olibni tanlash qoidalari

4.1 Har bir jamoaga masofani yakunlash uchun ikkita urinish beriladi.

4.2 Eng yaxshi natija hisobga olinadi.

4.3 Agar masofani bosib o‘tish vaqtida robot 5 soniyadan ko‘proq vaqt davomida chiziqni yo‘qotsa (5 soniya ichida robot chiziq ustida bo‘lmaydi), u holda urinish tugaydi.

4.4 Masofani bosib o‘tish uchun eng kam vaqt sarflagan jamoa g‘olib hisoblanadi.

4.5 Agar bir nechta robot marraga yetib kelmagan bo‘lsa, chiziq bo‘ylab eng uzoq masofani bosib o‘tgan robot g‘olib hisoblanadi.

 

Linefollow musobaqasining maydoni chizmasi:

Musobaqa maydoni