RoboFutbol

RoboFutbol

Qatnashuvchilar yoshi
Middle 12-16 yosh
Qurilmalar
Ixtiyoriy
1. MUSOBAQA HAQIDA

1.1 Umumiy ma’lumot

  • Robo Futbol musobaqasi ikki kishidan iborat jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladi.
  • Har bir jamoada ikki nafar robot ishtirok etadi.
  • O‘yin maxsus futbol maydonida ikki bo‘lim shaklida o‘tkaziladi.
  • Jamoalarning asosiy vazifasi adolatli va texnik jihatdan yaxshi muvofiqlashtirilgan o‘yin ko‘rsatish hamda raqib darvozasiga imkon qadar ko‘proq gol urish.

2. JAMOALAR VA ISHTIROKCHILAR

2.1 Jamoa tarkibi

  • Har bir jamoa 2 nafar ishtirokchi va 2 ta robotdan iborat.
  • O‘yin davomida ishtirokchilar robotlarni boshqarish moslamalarini bir-birlariga topshirishlari mumkin.
  • Jamoalar ishtirok etayotgan paytda murabbiylar o‘yinga aralasha olmaydi.

2.2 Ishtirokchilar talablari

  • Ishtirokchilar 12-16 yosh oralig‘ida bo‘lishi kerak.
  • Har bir jamoada katta yoshdagi murabbiy bo‘lishi talab qilinadi.

3. ROBOTGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

3.1 Robot o‘lchamlari

  • Maksimal kenglik: 20 sm
  • Maksimal uzunlik: 20 sm
  • Maksimal balandlik: 20 sm
  • Maksimal vazn: 1 kg

3.2 Robotning texnik xususiyatlari

  • Robotlar mustaqil yig‘ilishi kerak (Lego platformasida ishlab chiqarilgan robotlar musobaqaga qo‘yilmaydi).
  • Robot istalgan simsiz aloqa kanali orqali boshqarilishi mumkin.
  • Boshqarish moslamasi har qanday qurilmadan iborat bo‘lishi mumkin, lekin o‘yin maydonidan tashqarida bo‘lishi shart.
  • Robotlar dizayni bir jamoaga tegishli ekanligi aniq ko‘rinib turishi kerak.
  • Robot maydonga va boshqa robotlarga zarar yetkazadigan o’tkir tig’li qismlar bilan jihozlanishi mumkin emas.

3.3 To‘p bilan munosabat

  • Robot to‘pni ushlab olishi, ichiga joylashtirishi yoki to‘liq qamrab olishi taqiqlanadi.
  • Robot to‘pni dribling qilish uchun zarba mexanizmi ishlatishi mumkin.
  • Robot tanasining to‘pga tegishli qismi 50% dan kam bo‘lishi kerak.

4. MAYDON VA TO‘P

4.1 Maydon tavsifi

  • Barcha o‘yinlar stol ustidagi ikkita darvozali futbol maydonida o‘tkaziladi.
  • Maydon va darvozalar o‘lchami tashkilotchilarning texnik imkoniyatlariga qarab o‘zgarishi mumkin.

4.2 To‘p

  • To‘p musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdim etiladi va barcha jamoalar uchun bir xil bo‘ladi.


5. UCHRASHUV TARTIBI

5.1 O‘yin tuzilishi

  • Har bir o‘yin 2 daqiqalik 2 bo‘limdan iborat.
  • Taymlarning aniq davomiyligi va tanaffus ishtirokchi jamoalar soniga qarab belgilanadi.
  • Bo‘limlar oralig‘ida 1 daqiqa tanaffus beriladi.

5.2 O‘yin boshlanishi

  • O‘yin boshlanishidan oldin barcha robotlar tortiladi, o‘lchanadi va karantin hududiga joylashtiriladi.
  • Robotlar yoqilib, boshqaruv moslamalariga ulanib, tayyor holatga keltirilishi shart.
  • Hakamning belgisi bilan o‘yin boshlanadi.

5.3 Gol urish va o‘yin davomida yuzaga keladigan holatlar

  • Gol urilgan deb hisoblanishi uchun to‘p to‘liq darvoza chizig‘idan o‘tishi kerak.
  • Agar robot shikastlansa yoki ishlamay qolsa, hakam qaroriga ko‘ra o‘yindan chiqarilishi yoki ta’mirlanish uchun vaqt berilishi mumkin.
  • Agar robotlar o‘z jamoa a’zolari harakati natijasida ag‘darilsa, jamoa o‘z hisobidan robotni o‘yinga qaytarishi mumkin.
  • Agar robot raqib bilan aloqa natijasida ag‘darilsa, hakam robotni o‘yin vaqtini to‘xtatmasdan qaytaradi.

5.4 Qayta ishga tushirish

  • To‘p tiqilib qolgan yoki 10 soniyadan ortiq harakatlanmagan bo‘lsa, hakam qayta ishga tushirish e’lon qiladi.
  • Barcha robotlar maydon yarmiga joylashtiriladi va to‘p maydon markaziga qo‘yiladi.

5.5 Ikki tomonlama himoya

  • Agar himoyachi jamoaning ikkala roboti ham jarima maydonchasi ichida bo‘lsa va hujumga to‘sqinlik qilsa, hakam penalti belgilashi mumkin.

5.6 O‘yinni tugatish va qo‘shimcha vaqt

  • Eng ko‘p gol urgan jamoa g‘olib hisoblanadi.
  • Agar o‘yin oxirida hisob teng bo‘lsa, 2 daqiqalik qo‘shimcha vaqt beriladi (oltin gol qoidasi amal qiladi).
  • Agar gol kiritilmasa, penaltilar tepiladi.

6. XULQ-ATVOR QOIDALARI

6.1 Ishtirokchilarning javobgarligi

  • O‘yin davomida robotlar faqat jamoa a’zolari nazorati ostida bo‘lishi kerak.
  • Jamolar maydonga chaqirilganda 3 marta guruhlar raqami e’lon qilinadi, 2 daqiqa mobaynida guruhlar robotlari va ishtirokchilari maydonga kelishmasa avtomatik tarzda o’yindan chiqariladi.
  • O‘yinda murabbiylar, ota-onalar yoki tashqi shaxslar ishtirok etishi qat’iyan taqiqlanadi.
  • O‘yin vaqtida robot bilan biror nosozlik yuzaga kelsa hakam robotni maydondan chiqarib bermaguncha ishtirokchilar robotga qo’l bilan teginishlari mumkin emas. Agar qo’l bilan teginilsa jarima belgilanadi. Jarimalar soni 3 ta bo’lganda penalti belgilanadi.

6.2 Hakam qarorlari

  • Hakamlarning qarorlari yakuniy hisoblanadi.
  • Istalgan jamoa faqat o‘yin tugaganidan keyin darhol hakamga yozma shikoyat berishi mumkin.
Musobaqa maydoni