Qatnashuvchilar yoshi
Middle 12-16 yosh
Qurilmalar
Ixtiyoriy
1. MUSOBAQA SHARTLARI
1.1 Umumiy holat
- Musobaqa ikkita robot o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Maqsad – raqib robotini ringdan chiqarish yoki harakatsiz holga keltirish.
- Ring dumaloq platformadan iborat bo‘lib, uning yuzi oq rangda, perimetri bo‘ylab qora chegara chizig‘i joylashgan.
- Duel uch raunddan iborat bo‘lib, ikkita g‘alabaga erishgan robot jamoasi umumiy g‘olib hisoblanadi.
1.2 Raund boshlanishi
- Hakamning buyrug‘iga binoan har ikkala jamoa o‘z robotlarini qo‘lda yoqadi yoki ishga tushiradi.
- Robotlar 5 soniya davomida harakatsiz turishi kerak, shundan so‘ng duel boshlanadi.
- Duel davomida robotlarni qo‘lda boshqarish yoki aralashish taqiqlanadi.
1.3 G‘alaba shartlari
- Robot butunlay oq halqadan chiqib ketgan bo‘lsa, yutqizgan hisoblanadi.
- Agar raqib robot harakatsiz qolsa yoki ishlamay qolsa, g‘alaba e’lon qilinadi.
- Agar uch raund natijasiz yakunlansa, hakamlar robotlarning faoliyati va jang taktikasiga qarab g‘olibni aniqlaydi.
1.4 Jamoa tarkibi
- Har bir jamoa faqat bitta ishtirokchidan iborat bo‘lishi mumkin.
- Ishtirokchi robotini tayyorlash va taqdim etish bilan shug‘ullanishi kerak.
2. RING PARAMETRLARI
2.1 Ring o‘lchamlari
- Diametri: 1000 mm.
- Chegara chizig‘i: 50 mm kenglikda qora rangda.
- Markaziy chiziq: Ikkita parallel chiziq bo‘lib, ular orasidagi masofa 300 mm.
3. ROBOTGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
3.1 Robotlarning umumiy xususiyatlari
- Avtonom bo‘lishi kerak, har qanday tashqi boshqaruv moslamalari taqiqlanadi.
- Maksimal o‘lchamlar: Uzunlik, kenglik va balandlik 20 sm dan oshmasligi kerak.
- Og‘irligi: 1 kg dan oshmasligi kerak.
- Robot maydonni qiruvchi va qo’lni kesuvchi o’tkir tig’li jismlar bilan jihozlanmagan bo’lishi kerak
- Robot balon va korpus qismiga yopishqoq (ya’ni maydonga yopishib olishni ta’minlaydigan) buyumlar ishlatish mumkin emas.
3.2 Funktsional cheklovlar
- Robot faqat ishga tushirish tugmasi orqali yoqilishi kerak.
- Ishga tushirgandan so‘ng 5 soniya harakatsiz turishi shart.
- Faol harakat – har qanday harakat yoki burilish hisoblanadi.
- Jang davomida robotni tashqi kuch ta’sirida boshqarish yoki sozlash taqiqlanadi.
- Raqib datchiklarini chalg’ituvchi elementlar bo’lmasligi kerak. (Yon tomonga ochiladigan qanotlar, datchik signallarini sindiruvchi metal uskunalar, metal qorishmalari va boshqalar)
3.3 Identifikatsiya talablari
- Robot har bir jamoaga berilgan raqamli yorliq bilan belgilanishi kerak.
4. DUEL VA RAUND QOIDALARI
4.1 Raund davomiyligi
- Har bir raund maksimal 60 soniya davom etadi.
- Hakam qaroriga ko‘ra, texnik muammolar bo‘lsa, raund vaqtini uzaytirish mumkin.
4.2 Duel natijasi
- Agar robot raqibini ringdan chiqarib yuborsa, raund g‘olibligi hisobga olinadi.
- Agar robot ishlamay qolsa yoki harakatsiz bo‘lsa, uning raqibi g‘olib hisoblanadi.
- Agar uch raund natijasiz tugasa, hakamlar robotlarning faolligiga qarab g‘olibni aniqlaydi.
4.3 G‘olibni aniqlash
- Ikki raundda g‘alaba qozongan jamoa duel g‘olibi bo‘ladi.
- Agar barcha raundlarda durang natija qayd etilsa, qo‘shimcha raund tayinlanadi.
- Agar qo‘shimcha raund ham durang tugasa, hakam jamoalarning umumiy faoliyatiga qarab g‘olibni belgilaydi.
4.4 Jamoaning chiqib ketishi
- Agar jamoa duel yakunlanishidan oldin ringni tark etsa, yutqizgan hisoblanadi.
4.5 Robotlarning joylashuvi
- 1-raund: Robotlar qarama-qarshi joylashtiriladi.
- 2-raund: Robotlar yonma-yon joylashtiriladi.
- 3-raund (agar kerak bo‘lsa): Robotlar teskari joylashtiriladi.
5. RAUNDNI BOSHLASH VA TO‘XTATISH
5.1 Robotlarni joylashtirish
- Duel boshlanishidan oldin robotlar ringning belgilangan start zonalariga joylashtiriladi.
- Start joylari maxsus markaziy chiziq orqali belgilanadi.
5.2 Jang boshlanishi
- Hakam signal bergandan so‘ng, ishtirokchilar robotlarni yoqadi.
- 5 soniyalik kutish tugaganidan keyin robotlar harakatni boshlaydi.